Telegram va Instagram'da sotadiganlar uchun
Buyurtmalar DM'da yo'qolmasin.
Mijozlaringiz Telegram'dan chiqmasdan, ilova o'rnatmasdan buyurtma beradi. Siz esa har bir buyurtma, qoldiq va sof foydani bitta ekranda ko'rasiz.
Birinchi 10 ta do'konga o'rnatish bepul · boshlang'ich 20 ta mahsulotni o'zimiz qo'shamiz
🆕 Yangi buyurtma! • Zaytun moyi «Extra Virgin» 500 ml × 2 • Qora zaytun, 350 g × 1 🚚 Yetkazib berish: bepul Jami: 347000 so'm Buyurtma: #4f2a9c
🆕 Yangi buyurtma! • Tabiiy tog' asali, 500 g × 1 🏬 O'zi olib ketadi Jami: 125000 so'm Buyurtma: #4f2aa1
🆕 Yangi buyurtma! • Yong'oq aralashmasi, 400 g × 2 • Zaytun sovuni × 3 🚚 Yetkazib berish: bepul Jami: 289000 so'm Buyurtma: #4f2aa7
Demo do'kon · haqiqiy interfeys
Tanish holatmi?
Sotuv o'sgan sari yozishmalarni boshqarib bo'lmay qoladi
Assalomu alaykum, zaytun moyi bormi?
09:12Narxi qancha?
09:401 litrligi qoldimi?
11:05Kecha manzil yozgan edim, qachon keladi?
13:27Javob bering iltimos 🙏
18:50Buyurtma yozishmalar orasida yo'qoladi
Kim nima so'ragani, kimga javob berilgani — hammasi xotirada turadi.
Bir xil savolga kuniga o'nlab marta javob berasiz
Narx, razmer, «bormi?» — mijoz o'zi ko'ra oladigan narsalar.
Tovar tugaganini oxirgi bo'lib bilasiz
Sotilib bo'lgan narsaga buyurtma qabul qilasiz, keyin uzr so'raysiz.
Qancha ishlaganingizni bilmaysiz
Tushum bor, lekin tannarxdan keyin nima qolgani noma'lum.
MarketBase bularning hammasini bitta joyga yig'adi.
Qanday ishlaydi
Uch qadam — va do'koningiz Telegram'da
- 01
Katalogni yuklaysiz
Birinchi 20 ta mahsulotni o'zimiz qo'shib beramiz. Qolganini Excel'dan yuklaysiz — AI yordamchi xatolarni topib tuzatadi, siz yoki adminlaringiz faqat rasmlarni joylaysiz.
- 02
Do'koningizni quramiz
Brendingizga mos rang va dizayn tanlaymiz, logotip va nomingizni qo'yamiz — do'kon aynan sizniki kabi ko'rinadi. Sinov buyurtmasi bilan birga tekshiramiz.
- 03
Mijozlar buyurtma beradi
Do'kon havolasini Telegram kanalingizga va Instagram bio'ga joylaysiz. Mijoz bosadi, tanlaydi, buyurtma beradi — xabar darhol sizga keladi.
Birinchi haqiqiy buyurtmangizgacha 7 kun davomida birga ishlaymiz.
Demo do'kon · haqiqiy interfeys
Mijozingiz uchun
Do'kon — Telegram'ning ichida
Hech narsa yuklab olish shart emas: mijoz botingizdagi tugmani bosadi va do'kon ochiladi.
- Mahsulot sahifasi: rasmlar, razmer va rang, eski narx, sharhlar
- Imlo xatosi bilan yozsa ham topadigan qidiruv
- Aksiyalar, promo-kodlar va optom narxlar
- «Faqat 2 ta qoldi» — qoldiq jonli ko'rinadi
- Yetkazib berish yoki o'zi olib ketish
- Buyurtma holati botga xabar bo'lib keladi
- O'zbek va rus tillarida
Siz uchun
Buyurtmadan sof foydagacha — bitta panelda
Kompyuterdan ham, telefondan ham. Yangi buyurtma esa darhol Telegram'ingizga keladi.
01Buyurtmalar: Telegram buyurtmalari va do'kondagi (kassa) sotuvlar — bitta ro'yxatda.
02Sof foyda: tushum minus tannarx. Yetkazish haqi alohida, tannarxi kiritilmagan buyurtmalar ochiq ko'rsatiladi — raqam hech qachon oshirib ko'rsatilmaydi.
Buyurtmalar
Sahifani yangilamasdan jonli keladi. Holati: yangi → tasdiqlandi → yo'lda → bajarildi.
Qoldiq
Sotilganda o'zi kamayadi, bekor qilinsa qaytadi. Kam qolganlar oldindan ko'rinadi.
Sof foyda
Tushum, tannarx va marja — so'nggi 30 kun bo'yicha.
Kassa
Do'konda sotganingizni ham yozasiz — onlayn va real qoldiq ajralib ketmaydi.
Kirim
Yetkazuvchidan tovar keldi: qoldiq oshadi, tannarx o'rtacha hisoblanadi, tarix saqlanadi.
Excel'dan import
Butun katalogni bitta fayl bilan yuklash yoki narxlarni ommaviy yangilash.
Aksiyalar
Foiz yoki summa, kategoriyaga yoki mahsulotga, promo-kod bilan yoki avtomatik.
Xabar yuborish
Hammaga, xarid qilganlarga yoki hali qilmaganlarga. Xato bo'lsa, 48 soat ichida o'chirish mumkin.
Tashlab ketilgan savat
Savatga solib, buyurtma bermagan mijozga eslatma — o'zingiz yoqsangiz.
Xodimlar va rollar
Har bir xodim faqat siz ruxsat bergan narsani ko'radi. Masalan, sotuvchiga sof foyda ko'rinmaydi.
«Bugun yopiq»
Dam olish kuni bitta tugma bilan buyurtma qabul qilishni to'xtatasiz.
AI yordamchiqo'shimcha
Botingizga «bugun qancha sotdik?» deb yozasiz — javob raqamlar bilan keladi.
Taklif
«Asoschi mijoz» — birinchi 10 ta do'kon uchun
Hozir birinchi do'konlar bilan birga ishlayapmiz. Ular uchun shartlar eng qulay — va shunday qoladi.
Evaziga: haftasiga 10 daqiqa fikringiz va 30 kundan keyin qisqa sharh. Aniq narxni suhbatda aytaman — do'koningiz hajmiga qarab.
Joy band qilishXavfsizlik
Ma'lumotlaringiz — sizniki
Har bir do'kon alohida
Ma'lumotlar ikki qatlamda ajratilgan: bir do'kon boshqasining mahsulotini ham, mijozini ham ko'ra olmaydi.
Har 2 soatda zaxira nusxa
Shifrlangan nusxa tashqi bulutda saqlanadi. Tiklash amalda sinab ko'rilgan.
Tannarx faqat sizga ko'rinadi
Kelish narxingiz mijozning telefoniga hech qachon yuborilmaydi.
Ketsangiz — hammasi siz bilan
Bot sizniki. Mahsulot va mijozlar bazangizni eksport qilib beramiz.
Savollar
Ko'p beriladigan savollar
Javob topmadingizmi? To'g'ridan-to'g'ri yozing — o'zim javob beraman.
Yo'q. Do'kon Telegram'ning ichida ochiladi — Telegram esa ularda allaqachon bor.
Ha. Profilingizga do'kon havolasini qo'yasiz — mijoz uni bosadi va Telegram'da buyurtma beradi.
Texnik qismi bir kunda tayyor bo'ladi. Birinchi 20 ta mahsulotni o'zimiz qo'shamiz, qolganini Excel'dan bir necha daqiqada yuklaysiz.
Yo'q. Har bir xodimga rol berasiz va u faqat ruxsat etilgan bo'limlarni ko'radi.
Birinchi 10 ta do'kon uchun o'rnatish va birinchi oy bepul, oylik narx esa umrbod qotiriladi. Aniq summani suhbatda aytaman.
Ochig'ini aytaman: onlayn to'lov (Click, Payme) hozircha yo'q — to'lov naqd yoki yetkazib berishda. Do'kon Telegram ichida ishlaydi, alohida sayt hali yo'q. Boshqaruv paneli hozircha faqat o'zbek tilida.
Do'koningiz qanday ko'rinishini 10 daqiqada ko'rsataman.
Kanalingiz yoki Instagram havolasini yuboring — mahsulotlaringiz bilan demo tayyorlab beraman. Bepul.
Telegram'da yozish@raxmonovrx